“Til bilimdonlari” respublika tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. 7-noyabr kuni tashkil etilgan final bosqichining yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar tanlov g‘oliblari deb topildi:
🔹1-o‘rin: Ro‘zmetova Barchinoy Lochinbek qizi – UrDPI talabasi;
🔹2-o‘rin: Baratova Sarvinoz Sherbek qizi – ToshDO‘TAU talabasi;
🔹3-o‘rin: Ulashova Dinara Mirvoxid qizi – QarDU talabasi;
🔹4-o‘rin: Abdullayeva Nargis Farhod qizi – SamDCHTI talabasi;
🔹5-o‘rin: Djumayeva Baxtiniso Turakulovna – TerDPI talabasi
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va mos ravishda 1-o‘rin 8 million so‘m, 2-o‘rin 6 million so‘m, 3-o‘rin 5 million so‘m, 4-o‘rin 3 million so‘m va 5-o‘rin 2 million so‘mlik vaucherlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, quyidagi ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovrin sifatida sertifikatlar bilan taqdirlandi:
♦️Boltayeva Ozoda Jafar qizi – BuxDU talabasi;
♦️Mirzajonova Shaxnozaxon Ne’matjon qizi – NamDU talabasi;
♦️Yangiboyeva Dilafruz Shuxrat qizi – QarDU talabasi;
♦️Jalilova Dilbar Mansur qizi – O‘zDJTU talabasi;
♦️Oringaliyeva Nurjayna Orazgaliyevna – QQDU talabasi.
Shu bilan birga, "Kitobxon yoshlar ligasi" onlayn tanlovi g‘oliblari ham mukofotlandi.
Barcha g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalarni samimiy muborakbod etamiz.


























So'nggi yangiliklar
Qoraqalpoq davlat universitetida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.
“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!
“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining hududiy bosqichlariga start berildi
Gender tenglik bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi tomonidan audit o‘tkazildi.
Tyutorlar malakasi oshirilmoqda