“Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi!
Unda respublikamizning barcha hududlaridan 3 nafardan jami 42 nafar ishtirokchilar o‘zaro 2 shart: test savollari va insho yozish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar har ikkala shartda 50 balldan, jami 100 ballik tizimda baholandi.
1-shartda ishtirokchilarga jami 50 ta ochiq va yopiq testlar berildi. Testlar uchun 40 daqiqa vaqt belgilandi.
2-shartda ishtirokchilar “Umrning har oni g‘animat” mavzusida insho yozdilar. Insho uchun 90 daqiqa vaqt berildi.
Shartlar yakunlangach, tanlovni yuqori saviyada tashkil qilishda mehnat qilgan Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi xodimlari hamda Hakamlar hay’ati a’zolariga markaz bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomalari topshirildi.
Tanlov natijalari va g‘oliblar ertaga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida bo‘lib o‘tadigan tantanali taqdirlash marosimida e’lon qilinadi va taqdirlanadi.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!