Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Biz terrorizm va ekstremizmga qarshimiz” mavzusida “Tasviriy oyina“ ijodiy uyushmasi tomonidan ko‘rgazma va davra suhbati tashkil etildi. 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, “Tasviriy oyina“ ijodiy uyushmasi va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada diniy ekstremizm, terrorizm va missionerlik tahdidlarini aks ettiruvchi suratlar va videofilmlar namoyish etildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari A.Mardiyev, viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimi H.Boboyev, viloyat “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi boshqaruv raisi D.Karimovlar so‘zga chiqib, dunyodagi geosiyosiy vaziyat, urush oqibatlari, terrorizm va ekstremizm xavfi haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, davra suhbati davomida yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, taʼlimdagi islohotlar tahlil qilindi.