Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari mas’ullari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kino san’ati saroyida oliy ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Toshkent shahar prokuroturasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi mas’ullari hamda poytaxtimizdagi 88 ta OTMdan 1184 nafar yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda 2024-yilning 9 oyi davomida 7936 ta yong‘in bo‘lgani, shundan Toshkent shahrida 586 ta, Toshkent davlat agrar universiteti va Samarqand arxitektura va qurilish institutida sodir bo‘lgan yong‘in holatlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Respublika bo‘yicha talabalar orasida jinoyatchilik 1,5 baravarga kamaygani, ammo firibgarlik, giyohvandlik, o‘g‘irlik jinoyati turlari ko‘paygani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida mavzuga aloqador hujjatli film namoyish etilib, yakunda mutasaddilar tadbir ishtirokchilarining savollariga javob berdilar.
Uchrashuvdan fotolavhalar
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!