Loading...

    O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi hamda g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

    Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Xolbo‘tayev ishtirok etib, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini mustahkamlash, xalqaro miqyosdagi mavqesini oshirish, milliy tilimiz va madaniyatimizni targ‘ib qilish bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdilar. Shundan so‘ng final bosqichining “Erkin mavzuda badiiy chiqish” sharti bo‘yisha ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan o‘zbek tilidagi she’r va qo‘shiqlar tinglandi. Ta’kidlash joizki, xorijlik talabalarning tilimiz jilosini madh etuvchi chiqishlari davlat tilimizga hurmatning o‘ziga xos ifodasi bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, tanlov g‘oliblari bilan tanishing: 

    1-o‘rin: Rinka Yagane (Yaponiya) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi
    2-o‘rin: Emodi Nesar Ahmad (Afg‘oniston) Termiz davlat universiteti talabasi
    3-o‘rin: Vang Chao Yuan (Xitoy) Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi

    Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari mos ravishda diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 40, 30 va 20 barobari miqdorida pul mukofotlari, faol ishtirokchilar esa sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

    Tadbirdan fotolavhalar