Namanganda “Men tanlagan kasb” mavzuida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi
Namangan shahrida maktab bitiruvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida “Men tanlagan kasb” mavzuida yoshlar sayli o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Prezidentimiz boshchiligida yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning bilimliva salohiyatli shaxs, komil inson sifatida yetishishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritdi.
Bitiruvchi yigit-qizlar tadbir doirasida tashkiletilgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi ham o‘zining ko‘rgazmali paviloni bilan faol ishtirok etdi. Unda Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida yashovchi keksalarning ijod mahsullari, nogironligi bo‘lgan yoshlarning qo‘l mehnati namunalaridan iborat ko‘rgazma o‘rin oldi.
Shuningdek, sayl doirasida yoshlar uchun noodatiy foto maydoncha, volontyorlar burchagi, psixologlardan maxsus treninglar hamda madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!