Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

      Nogironligi bor bolalar yuridik texnikumlarda bepul o‘qishadi

    Endilikda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun umumtaʼlim fanlari bo‘yicha sertifikat berish kabi davlat xizmatini olishda xizmat ko‘rsatish to‘lovining 50 foiz miqdorida chegirma belgilanmoqda.

    Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 640-son qarori qabul qilindi.
         

    Kiritilayotgan qo‘shimchalar bilan nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanmoqda. Masalan, endilikda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun umumtaʼlim fanlari bo‘yicha sertifikat berish kabi davlat xizmatini olishda xizmat ko‘rsatish to‘lovining 50 foiz miqdorida chegirma belgilanmoqda.

    Bundan tashqari, ular va oilaviy mehribonlik uylari bitiruvchilari yuridik texnikumlarga davlat granti asosida alohida qabul parametrlari doirasida qabul qilinadi.

    Hujjat bilan qonun hujjatlariga boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.

    Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 08.10.2024-yildan kuchga kirdi.

                                                                                                                                                               Matn: Abror Umarkulov