#malaka_oshirish
Oliy taʼlim muassasalari tyutorlari uchun yangi o‘quv yilidagi malaka oshirish kurslari boshlandi
Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun 36 soatga mo‘ljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Mazkur o‘quv yilining 16-sentyabr sanasidan boshlab malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichiga start berildi. Unda Toshkent shahrida oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yurituvchi 60 nafar tyutor to‘g‘ridan-to‘g‘ri, hududlardagi oliy taʼlim muassalarining 100 nafar tyutorlari esa onlayn tarzda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar.
Tashkil etilayotgan mazkur malaka oshirish kurslaridan ko‘zlangan maqsad – tyutorlarning talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni kasbga yo‘naltirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli ilmiy to‘garaklarga jalb etish hamda muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topish, taʼlim muassasalardagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yana-da yuksaltirishdan iborat.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!