Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    #Biz_korrupsiyaga_qarshimiz

    ♦️Korrupsiya haqida tariximizga nazar soladigan bo‘lsak, yozma manbalarda korrupsiya haqida eramizdan avvalgi Shumer podsholigi davrida eslatib o‘tilgan. Korrupsiya bizning kungacha yetib kelganligi shundan dalolat beradiki, boshqa illatlar kabi, uni ham tag-tugi bilan yo‘qotib bo‘lmaydi. Hatto rivojlangan g‘arb davlatlari ham korrupsiyadan butkul xalos boʻlolmagan. Biroq jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish Yer yuzidagi barcha davlatlarda hamisha va hamma zamonda davom etgan. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi.

    📌Korrupsiya avvalambor iqtisodiyotning xavf-xatari manbai bo‘lib, eng yomoni mamalakatda pul oqimini izdan chiqaradi. Korrupsiya yo‘li bilan topilgan mablag‘ ochiqcha ishlatilinmaydi.
    Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoilyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.