“Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi boshlandi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan joriy yilning 26-27-oktabr kunlari oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlari va talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining 1-sharti bo‘lib o‘tmoqda. Unga ko‘ra, hakamlar hayʼati tomonidan barcha ishtirokchilarning hujjatlari o‘rganib chiqilib, tegishli tartibda baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hujjatlari eng yuqori ballga ega bo‘lgan ishtirokchilar hakamlar hayʼati aʼzolari oldida sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan innovatsion takliflar, ilg‘or tajribalar xususida o‘z taqdimotlarini o‘tkazadilar.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!