Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

      

    Hurmatli talabalar!

    Sizlarni yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yangi o‘quv yilining boshlanishi talabalar uchun ham, professor-o‘qituvchilar uchun ham hamisha hayajonli. Sizni hayotingizning ushbu muhim bosqichida o‘qishingiz va ilmiy faoliyatingizga innovatsion g‘oyalarga boy loyihalarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

    Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida oliy taʼlim tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va bu saʼy-harakatlar samarasi o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Xususan, qabul jarayonlarida shaffoflik va adolat mezonlarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy o‘quv yilida yangi islohotlar kuchga kirdi. Qabul jarayoniganing yangi tartibi — “avval test, keyin tanlov” tamoyili asosida joriy etildi, shuningdek, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari maqbullashtirildi. Bu talabalarga taʼlim yo‘nalishlarini tanlashda, shuningdek, kelajakda mutaxassis sifatida ishga joylashishda qo‘shimcha qulaylikllar yaratadi.

    Talabalarimiz jahonning eng ilg‘or taʼlim standartlariga mos bilim olishi, eng so‘nggi ilmiy yutuqlaridan xabardor bo‘lishi uchun ko‘plab o‘quv adabiyotlari o‘zbek tiliga o‘girilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, muhandislik, energetika, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohalariga oid xorijiy nashrlarni tarjima qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

    Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ham muhim masalalardan bo‘lib, joriy yilda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida davlat oliy o‘quv yurtlari yotoqxonalariga joylashtirish uchun ariza topshirishning onlayn xizmati joriy etildi. Bunda talabalar turar joylariga joylashtirishni yanada shaffof va qulayligini taʼminlanib, ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olindi.

    Talabalik buyuk kashfiyotlar va imkoniyatlar davri. Undan unumli foydalaning, yangi bilimlarga intiling, do‘stlar orttiring, kelajak uchun rejalar tuzing va har bir daqiqani qadrlang. Sifatli taʼlim sizning tirishqoqliginingiz, ilmga erishish yo‘lidagi sobitligingiz bilan chambarchas bog‘liqligini unutmang!

    Yangi o‘quv yilida Sizlarga yangi yutuqlar, yorqin taassurotlar hamda bilim va malakangizni oshirishda azmu shijoat  tilayman!

    Hurmat bilan,

    Qo‘ng‘irotboy Sharipov
    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri