Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    #o‘quv_seminar

    Qo‘qonda oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari uchun  o‘quv-seminar boshlandi

     Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 306-sonli buyrug‘i asosida Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Qo‘qon universitetida 23-25-avgust kunlari “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’anaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

    O‘quv-seminar mehmonlari karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi va Qo‘qon universitetining zamonaviy va tarixiy ko‘rinishda qad rostlagan binolari oralab yalpi yig‘ilishga taklif qilindi.

    Yalpi yig‘ilishni Qo‘qon universiteti direktori G‘ofurjon Zahidov, Prezident Administratsiyasi sho‘ba mudiri Abduhalil Mavrulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov,   Qo‘qon shahar hokimi Ma’ruf Usmonov va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Nodir Kasimov kirish so‘zi bilan ochib berib, hozirda yoshlar masalalari qay darajada dolzarbligi, ushbu o‘quv-seminar esa yoshlar muammolarini ijobiy hal qilish hamda oliygohlarda ma’anaviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etishga poydevor yaratishini ta’kidlashdi.

   Jarayondan fotolavhalar

  Mazkur tashkil etilgan o’quv-seminarida respublikamizdagi 200 ga yaqin davlat, xorijiy va xususiy oliy ta’lim muassasalari birinchi prorektorlari hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.

Ayni damda o‘quv-seminari soha mutaxassislarining muhim mavzulardagi ma’ruzalari bilan davom etmoqda.