Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Joriy yilning 24-26-oktabr kunlari Polsha Respublikasining Lyublin texnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tayotgan “International Conference: IT in Cultural Heritage (IT-CH'2023)” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori R.Xudayberganov ishtirok etmoqda.

     

    Xalqaro konferensiya dasturiga R.Xudayberganovning “The role of language and communication in the informatization of cultural heritage” mavzusidagi ma’ruzasi ham kiritilgan.