Bugun, 21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to‘ldi. Ayni daqiqalarda Adiblar xiyobonida shu munosabat bilan bayram dasturlari o‘tkazilmoqda.
Tadbir avvalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi jamoasi va bir qator tashkilotlar tomonidan bog‘ markazidagi Alisher Navoiy haykali poyiga guldastalar qo‘yildi.
Shundan so‘ng xiyobondagi har bir adib haykali oldida bayram dasturlari boshlanib ketdi. She’riy chiqishlar, jonli ijrodagi qo‘shiqlar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar va xorijlik talabalarning chiqishlari xiyobonga tashrif buyurgan yurtdoshlarimizning olqishlariga sazovor bo‘lmoqda.
Xiyobondagi mazkur tadbirlar Toshkent shahridagi 24 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirokida 18:00 ga qadar davom etadi.
(Adiblar xiyobonida o‘zbek tili bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlardan fotolavhalar)
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!