Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasining 02/5-2088-sonli topshiriq xati ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon davlat chet tillari institutiga respublika ishchi guruhi vakili, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Mansurbek Boysariyev tashrif buyurdi.

    

    Tashrif davomida institut talabalari, tyutorlari bilan suhbatlar olib borilib, ularning o'qish va ish faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi. Tyutorlarning amalga oshirgan ishlari  faoliyati o'rganilib, qo'shimcha tavsiya va takliflar berildi. Axborot resurs markazida esa ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasi nazoratdan o'tkazildi.

    

    Bundan tashqari Talabalar turar joyiga ham tashrif amalga oshirildi va u yerda istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar yashash tarzi, ularga yaratilgan imkoniyatlar ko'zdan kechirildi.