Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Toshkent davlat agrar universitetida “Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi” tanlovi tashkil etildi

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yoshlar ishlar agentligi, O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi, Yevropa ittifoqi hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida 10 ta oliy taʼlim muassasalardagi iqtidorli talabalar o‘rtasida “Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi” ko‘rik-tanlovining yarim final bosqichi o‘tkazildi.

      

    Tanlovning final bosqichida Hakamlar hayʼati tarkibida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig’i M.Boysariyev adolatli hamda shaffof baholashiga faol ishtirok etdi.

    Ko‘rik-tanlovda 10 ta jamoa bellashib, 5 ta jamoa final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Final bosqichida quyidagi jamoalar o‘zaro 2 ta shart bo‘yicha bellashdi:

    “Agro doctor” jamoasi, AndQXAI;
    “Yuksalish” jamoasi, SamDVMCHBU;
    “Creative” jamoasi, QQXAI;
    “Kelajak yoshlari” jamoasi, SamDVMCHBU NF;
    “Agro union” jamoasi, TDAU.

                                  

Tanlov natijasiga ko‘ra:
    🥇1-o‘rin –  “Kelajak yoshlari” jamoasi I-darajali diplom va Yevropaning ilg’or tajribasini o‘rganish uchun o‘quv safariga borish sertifikati bilan taqdirlandi;
    🥈2-o‘rin –  “Agrounion” jamoasi II-darajali diplom va har bir jamoa aʼzolariga Noutbuk bilan taqdirlandi;
    🥉3-o‘rin –  “Agrodoctor” jamoasi III-darajali diplom va har bir jamoa aʼzolariga Planshet bilan taqdirlandi.

    Tadbir qizg’in, bahs-munozaralarga boy ruhda o‘tib, bayram tantanasiga ulanib ketdi.