“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga guvohnomalar topshirildi
Shahrisabz davlat pedagogika institutida talabalarning xavfsizligini ta’minlash, ular o‘rtasida huquqbuzarlikni, jinoyatchilikni oldini olish va ta’lim muassasasini xavfsiz hududga aylantirish maqsadida 20 nafar ko‘ngilli talabalardan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkil etildi.
Bugun 16-oktabr kuni ushbu guruh aʼzolari bilan ilk uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti ilmiy kotibi Ilhom Suvonov, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Shahzod Rahmonov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Kengash mas’ul xodimi Abdushukur Yangiyev tomonidan guruhning asosiy maqsad va vazifalariga batafsil to‘xtalib, zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, jamoa a’zolariga tantanali ravishda guvohnomalar topshirildi.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!