#marifat_maydoni
“Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining mintaqaviy bosqich g’oliblari
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Guliston davlat instituti, Farg‘ona davlat universiteti, Shahrisabz davlat pedagogika instituti va Jizzax davlat pedagogika universiteti tanlovning mintaqaviy bosqichida ishtirok etishdi. Tanlovda Shahrisabz davlat pedagogika institutining “O‘zbegim” jamoasi respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat transport universiteti, Termiz davlat pedagogika instituti, Namangan davlat universiteti talabalari faol ishtirok etishdi. Mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Maʼrifat” jamoasi omadli yakunlab, final bosqichiga yo‘llanmani olishdi.
Buxoro viloyatida tanlovning mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Urganch davlat universiteti ishtirok etishdi. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi faxrli birinchi o'rinni egallashdi.
Toshkent davlat texnika universitetida Andijon davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti, Chirchiq pedagogika universitetlari mintaqaviy bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Samarqand davlat universitetining “Behbudiy izdoshlari” jamoasi tanlovda g’olib bo‘lishdi.
G‘olib jamoalarga respublika bosqichida omad tilaymiz!
So'nggi yangiliklar
Stol tennisi bo‘yicha “Markaz kubogi“ o‘tkazildi
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan harbiy parad va bayram dasturi tashkil etildi!
“Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi
“Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvi g‘oliblari aniqlandi!
“Oliy ta’lim muassasalarining yoshlarda “halollik vaksinasi”ni singdirishdagi ahamiyati” mavzusida konferensiya o‘tkazildi
Talabalar ijtimoiy muhofazasi kuchaytiriladi