Loading...

    Talabalar turar joyidagi bayram tadbiriga vazir tashrif buyurdi!

    Bugun Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli 72-sonli talabalar turar joyida Navro‘z munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    šŸ”¹Tadbirga Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshanbek Xudayberganov hamda universitet prorektorlari hamrohligida tashrif buyurdi.

    šŸ”¹Bayram tadbirida vazir so‘zga chiqib, barcha tadbir ishtirokchilarini Navro‘z ayyomi bilan muborakbot etdi va universitet miqyosida kursh bo‘yicha o‘tkazilgan “Vazir kubogi” g‘oliblariga diplom, kubok va vaucherlarni topshirdi.

    Shuningdek bayram dasturi doirasida talaba qiz-yigitlar o‘rtasida milliy taomlar tayyorlash musobaqalari ham tashkil etildi.