Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakulteti talaba-qizlari ishtirokida psixologik-seminar tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i, malakali psixolog, dotsent Maftuna Gapparova hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti psixologi Shahnoza Sobitova tomonidan talaba-qizlarga “Talabalik davridagi psixologik muammolar va ularni bartaraf etish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar-trening davomida talaba-qizlarning o‘z hissiyotlarini, ichki kechinmalarini tushunishlariga, yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni to‘g‘ri yo‘l orqali bartaraf etishlari bo‘yicha maslahatlar berildi.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!