Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    #diqqat_tanlov    

    🎓 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Madaniyat vazirligi hamkorligida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovini eʼlon qiladi.

    

    🏆 Tanlovning oʻrin va nominatsiyalarida gʻolib boʻlgan jamoalar diplom, esdalik sovgʻalari hamda quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

    🔵1-o‘rin – 70 million so‘m;
    🔵2-o‘rin – 50 million so‘m;
    🔵3-o‘rin – 30 million so‘m;

    ▶️Nominatsiyalar bo‘yicha:
    🔵“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi — 15 mln. soʻm.
    🔵“Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi — 10 mln. soʻm;
    🔵“Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi — 10 mln. soʻm;
    🔵“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi — 8 mln. soʻm;
    🔵“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi — 7 mln. soʻm;

    ‼️Bundan tashqari tanlovning mutloq gʻolibi 1-o‘rin egalari Samarqand, Xiva yoki Buxoro viloyatlaridan biriga 3 kunlik sayohat yoʻllanmasiga ega bo‘ladi.

☝️Ishtirok eting va gʻolib boʻling. Oʻz iqtidoringizni namoyon qilish vaqti keldi!

📌 Nizom bilan tanishish