Loading...

    🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

 

    📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

 

    🔴Oybekning “Navoiy” asari
    🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari

    ✅Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;

4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
5-o‘rin (10 nafar) – Smartfon (4/64);
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) –  Smartfon.

 

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

   Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.