Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

“Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovi

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

    Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
        1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
        2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
        3) Eng yaxshi tyutori;
        4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
        5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.    

    Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
        BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
        BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
        BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;

    Tanlovda ishtirok etish istagidagilar 15-oktabrga qadar OTMlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

    👉 “Islohotlar bilimdoni” nizomini yuklab olish