Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

     

“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar”

    “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etiladi.

     Tanlov quyidagi nominasiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
        *Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi;
        *“Inson huquqlari bolalar nigohida” mavzusida eng yaxshi rasm;
        *Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
        *Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyot va elektron o‘quv adabiyoti;
        *Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;
        *Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi bilimdon;
        *Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi.

    Tanlov bo‘yicha materiallar 1-iyundan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun elektron arizani to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga konkurs2023@nhrc.uz elektron manziliga yuboriladi.

    👉 Tanlov nizomini yuklab olish

    Tanlov g‘oliblari dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kunida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadilar.