Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

      

 “Munozara”

    “Munozara” respublika turniri Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2023-yil 14-apreldagi 8-6-2q/q qo‘shma qaroriga asosan tashkil etiladi.

    Unda 104 ta oliy ta’lim muassasalarining saralangan jamoalari 20 ta guruhlarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashadilar. Har bir guruh g‘olibi turnirning respublika, final bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    “Munozara” turnirida ishtirok etadigan jamoalar, bellashuv o‘tkaziladigan manzil va sana, turnirni olib borish bo‘yicha yo‘riqnoma, shuningdek, hududiy bosqich uchun tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati oldindan e’lon qilinadi.

    Turnir g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom va 1-o‘rin 30 mln. so‘m, 2-o‘rin 20 mln so‘m va 3-o‘rin 15 mln so‘m pul mukofoti, shuningdek, hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

👉 “Munozara” turniri nizomini yuklab olish