Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

“Maʼrifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovi

    Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Maʼrifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 22-noyabrdagi 505-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etiladi.

    Tanlovda sanʼat oliygohlaridan tashqari Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari 12 nafargacha bo‘lgan talabalardan tashkil topgan jamoalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

    Tanlovda jamoalar o‘zaro 3 ta shart bo‘yicha bellashadilar:
        1-shart: “Adib hayoti” ko‘rgazmali taqdimot chiqish;
        2-shart: Tezkor savol-javob;
        3-shart “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.

    Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

    Mintaqaviy bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoa aʼzolari oʻzi tahsil oladigan taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan planshet, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

    Respublika bosqichi g‘oliblari esa Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
        1-o‘rin 40 million so‘m;
        2-o‘rin 25 million so‘m;
        3-o‘rin 20 million so‘m;
        4-o‘rin 10 million so‘m;
        5-o‘rin 5 million so‘m.

    👉 “Maʼrifat maydoni” tanlovi nizomini yuklab olish

     Tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar o‘zi tahsil olayotgan oliygohning yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.