Loading...

Talabalar teatr studiyalari

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Madaniyat vazirligi hamkorligida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovini oʻtkaziladi.

    Tanlovning oʻrin va nominatsiyalarida gʻolib boʻlgan jamoalar diplom, esdalik sovgʻalari hamda quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

        1-o‘rin – 70 million so‘m;
        2-o‘rin – 50 million so‘m;
        3-o‘rin – 30 million so‘m;

    Nominatsiyalar bo‘yicha:
        “Eng faol oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi — 15 mln. soʻm.
        “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi — 10 mln. soʻm;
        “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi — 10 mln. soʻm;
        “Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi — 8 mln. soʻm;
        “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi — 7 mln. soʻm;

    Bundan tashqari tanlovning mutloq gʻolibi 1-o‘rin egalari Samarqand, Xiva yoki Buxoro viloyatlaridan biriga 3 kunlik sayohat yoʻllanmasiga ega bo‘ladi.

    👉“Talabalar teatr studiyalari” tanlovi nizomini yuklab olish