Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

ILHOM

    “Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

    Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
        1-oʻrin – “Spark” avtomobili;
        2-oʻrin – 30 mln soʻm pul mukofoti;
        3-oʻrin – 15 mln soʻm pul mukofoti.

    Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:
        1-bosqich – oliy taʼlim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;
        2-bosqich – asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.

    “Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.

    👉 “Ilhom” mukofoti nizomini yuklab olish

    Tanlovga hujjatlar har yili 15-martga qadar OTMning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi.