Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma鈥檒umotlar bilan to鈥榣dirish hali yakunlanmagan!

Yil talabasi

    Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yil talabasi” tanlovi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 3-noyabrdagi 489-sonli buyrug‘iga asosan har yili tashkil etiladi.

    Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
        Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
        Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
        Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
        Yilning eng faol sportchi talabasi;
        Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
        Yilning eng faol ijodkor talabasi;
        Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

    Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy ta始lim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

    Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda  bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

    馃憠 “Yil talabasi” tanlovi nizomini yuklab olish

    Hujjatlar oliy ta始lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma始naviy-ma始rifiy ishlar bo驶yicha mas始ullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun o驶z oliygohingiz mas始ullariga murojaat qiling.