O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-yanvardagi 11-sonli qaroriga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tashkil etilgan.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-sentabrdagi 736-sonli qaroriga muvofiq Markaz tarkibida Talabalarning media ijtimoiy faoliyati va madaniy dam olish maskani tashkil etilgan.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-284-sonli qaroriga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi deb qayta nomlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-son qaroriga muvofiq esa Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilgan hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi deb qayta nomlangan.
talaba va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
ijtimoiy-madaniy tadbirlar, sport musobaqalari hamda intellektual tanlovlar, festivallarni tashkil etish;
targ‘ibotning zamonaviy va ta’sirchan metodlarini ishlab chiqish;
talaba va o‘quvchilarning muammolarini doimiy o‘rganish bo‘yicha ijtimoiy tadqiqotlar va so‘rovnomalar o‘tkazish;
ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, media laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar malakasini muntazam oshirib borish;